» » “Rostov” so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shomurodovdan golli uzatma (video)

“Rostov” so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shomurodovdan golli uzatma (video)


“Rostov” klubi 3-noyabr, yakshanba kuni Rossiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan bahsda “Krasnodar”ga maydonga tushdi.

Dastlab rostovliklar 34-daqiqada Aleksey Ionovning aniq zarbasidan keyin hisobni ochdi, ushbu golga o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov hammuallif bo‘ldi.

41-daqiqada Ionov uchrashuvda dublga erishib, mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Barchasi Valeriy Karpin shogirdlarining g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda mezbonlar vaziyatni o‘nglay oldi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Ivan Ignatev hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Urosha Spayich muvozanatni tikladi.

Shu tariqa ushbu durangdan keyin “Rostov” ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatidan quruq qoldi va 30 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

RPL

15-tur bahsi

3-noyabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 34 Ionov, 0:2 — 41 Ionov, 1:2 — 90+3 Ignatyev, 2:2 — 90+5 Spayich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют