» » “Real” yuta olmagan “Betis” La Liga tarixidan joy oldi

“Real” yuta olmagan “Betis” La Liga tarixidan joy oldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 12-turidan o‘rin olgan Madriddagi “Real” — “Betis” bellashuvida 0:0 hisobi qayd etildi.

O‘tgan mavsum “Real” La Liganing 38-turida “Betis”ga 0:2 hisobida yutqazgandi. 2017/18-yilgi mavsum “Santyago Bernabeu”dagi bahsda ham “Betis” g‘alaba qozongandi — 1:0.

Opta xabariga ko‘ra, “Betis” shu tariqa La Liga tarixida “Real”ga qarshi uchta safar o‘yinida bitta ham gol o‘tkazmagan ilk klub bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Real” 12-turdan so‘ng 22 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi. “Betis” esa 13 ochko to‘plab 14-pog‘onadan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют