» » Toshkentda talonchilik qilgan uch yigitdan ikki nafari qo‘lga olindi. Uchinchi shaxs qidiruvga berildi

Toshkentda talonchilik qilgan uch yigitdan ikki nafari qo‘lga olindi. Uchinchi shaxs qidiruvga berildi


Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, 19-oktabr kuni soat 17:30 da B.D. va tanishlari A.A. hamda “I” ismli shaxslar bilan ko‘chada ketayotgan N.H.ga tegishli 500 000 so‘mlik Samsung Galaxy A6 telefonini qo‘ng‘iroq qilib olish bahonasida olib A.A.ga tegishli Nexia-2 avtomashinasida hodisa joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida B.D. va A.A. ushlangan. Holat yuzasidan 30-oktabr, chorshanba kuni Mirobod tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida A.A. va B.D. muqaddam bir necha marotaba talonchilik jinoyatini sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran sodir etilgan talonchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Shu bilan birga, hozirda “I” ismli noma’lum shaxsni aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Agarda siz ham ushbu shaxslar harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMBning 71-291-58-02, 71-230-38-75 va 71-230-38-43 raqamlari orqali murojaat qiling”, — deyiladi Tergov departamentining axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют