» » APL. “Tottenhem” yana yuta olmadi, “Everton” futbolchisining oyog‘i sindi (video)

APL. “Tottenhem” yana yuta olmadi, “Everton” futbolchisining oyog‘i sindi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 11-turi doirasida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi Liverpulda “Everton” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 63-daqiqasida “shporlar” yarim himoyachisi Dele Alli Son Hyon Min uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Jenk Tosun hisobni tenglashtirdi (1:1).

Qayd etish joiz, 79-daqiqada Sonning qo‘polligidan keyin Mersisayd klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh Serj Oryega to‘qnashib ketdi va juda og‘ir jarohat oldi va uning o‘rniga Gilfi Sigurdsson zaxiradan maydonga tushdi. Janubiy koreyalik futbolchi esa hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Shu tariqa “Tottenhem” mehmonda “Everton” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va bir ochoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 11 ochko bilan 17-o‘rinni band qilib turibdi.

11-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

11-tur bahslari

Gollar: 0:1 — 57 Seyunjyu, 0:2 — 88 Vardi

Gollar: 0:1 — 63 Alli, 1:1 — 90 Tosun

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют