» » O‘zbekistonda paxtaning yangi navlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

O‘zbekistonda paxtaning yangi navlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi


Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Ingichka tolali paxta navlari yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi respublikada yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ingichka tolali g‘o‘za navlarining ekin maydonlarini kengaytirish hamda seleksiya, urug‘chilik va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasidagi ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish orqali paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchi paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishi belgilab qo‘yilmoqda.

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun ingichka tolali paxta xomashyosi yetishtirishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarni hisobga olgan holda 2020-yil 1-fevralga qadar bir tonna paxta xomashyosining kafolatlangan narxlarini belgilash yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga ingichka tolali g‘o‘za navlari urug‘chiligi bilan bog‘liq tashkiliy-uslubiy faoliyatni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi ingichka tolali g‘o‘za navlariga bo‘lgan talablardan kelib chiqib, ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilasin hamda 2020-yildan boshlab grant tanlovlari asosida ingichka tolali g‘o‘za navlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют