» » Tojikiston Rossiyani Somon Air parvozlariga qo‘yilgan cheklovlarga javob choralari bilan tahdid qildi

Tojikiston Rossiyani Somon Air parvozlariga qo‘yilgan cheklovlarga javob choralari bilan tahdid qildi


Rossiya tomonidan Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasining Rossiya shaharlariga parvozlariga qo‘yiladigan cheklovlar javobsiz qolmaydi. Bu haqda “Interfaks” respublika transport vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Rossiya tomoni bugungi kundan boshlab Somon Air parvozlariga cheklovlar joriy qildi: dushanba, chorshanba, juma kunlari Dushanbedan to‘rtta reys va Xo‘janddan uchta reys taqiqlandi. Biz javob choralarini ko‘rishga majburmiz, va ushbu choralar hozir muhokama qilinmoqda”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Shu bilan bir vaqtda u Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi parvozlari masalasi hal bo‘lganini, unga Xo‘jand va Dushanbedan to‘rtta reys taqdim etilganini eslatdi.

“Ammo ular yettita reysni talab qiladi. Biz o‘z xatimizda iyungacha ushbu reyslar uchun ehtiyojni o‘rganib chiqib, so‘ng ularni ko‘paytirish yoki kamaytirish kerakligini qayd etgan edik. Biz o‘z nuqtai nazarimizda qolamiz. Biroq biz muzokaralarni davom ettirishga va maqbul variantni topishga tayyormiz”, — deya ta’kidladi manba.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют