» » Mun Chje In yana Janubiy Koreya prezidentlik lavozimiga eng ommabop nomzod deb topildi

Mun Chje In yana Janubiy Koreya prezidentlik lavozimiga eng ommabop nomzod deb topildi


Liberal partiya vakili Mun Chje In Koreya Respublikasi prezidentlik lavozimiga eng ommabop nomzodligicha qolmoqda. Bu haqda Realmeter agentligi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

“Agar saylovlar bugun bo‘lib o‘tganda Mun Chje In uchun 34,9 foiz ovoz berilardi, bu o‘tgan hafta ko‘rsatkichlaridan 0,5 foizga ortiqdir”, — deyiladi tadqiqotda.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni markaziy Xalq partiyasi vakili An Chxol Su egalladi. U uchun ishtirokchilarning 18,7 foizi ovoz berdi, bu o‘tgan hafta natijasidan 6,1 foizga ortiq.

Undan keyingi o‘rinlarni 12,1 foiz ovoz bilan Chxunchxon-Namdo provinsiyasi gubernatori An Xi Chjun va o‘n foiz ovoz bilan Sonnam shahri meri Li Chje Myon egalladi. Kyonsan-Namdo provinsiyasi gubernatori Xon Chjun Pxyo uchun so‘rovnoma qatnashchilarining 7,5 foizi ovoz berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют