» » Olmaliqdagi sport maktabida 87,2 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilish holati aniqlandi

Olmaliqdagi sport maktabida 87,2 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilish holati aniqlandi


Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy joniyatlarga qarshi kurash Departamentining Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, ushbu sport maktabi direktori o‘rinbosari U.N. va metodisti X.R. xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o‘zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2 million so‘m mablag‘ni Payme va Click to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib olgan va budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan U.N. va X.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 1100 tonnadan ortiq shakar talon-toroj qilingani, Namanganda qariyb 100 million so‘mni o‘zlashtirgan “Agrobank” xodimi va uning sherigi qo‘lga olingani, Jizzaxda qurilish ishlariga ajratilgan 2,6 milliard so‘mni o‘zlashtirgan kompaniya mansabdorlariga jinoiy ish ochilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют