» » Kitobda 134 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali aroqning savdoga chiqarilishi oldi olindi

Kitobda 134 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali aroqning savdoga chiqarilishi oldi olindi


Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida aksiz markasi qalbaki bo‘lgan 134 million so‘mlik aroq mahsulotlari saqlanayotgan omborxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentining Kitob tuman bo‘limi tomonidan viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda “Kitob sh.savdo” MChJ omborida savdoga chiqarish uchun saqlanayotgan umumiy qiymati 134,9 million so‘mlik 8857 dona aroq mahsulotidagi aksiz markalar qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-noyabrdan alkogol mahsulotlarining narxi oshadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют