» » Tanzila Norboyevaning Qozog‘istonga tashrifi boshlandi

Tanzila Norboyevaning Qozog‘istonga tashrifi boshlandi


Qozog‘iston Parlamenti Senati raisining taklifiga binoan, 2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Senat delegatsiyasi Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Senat delegatsiyasi Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi

Nur-Sulton shahrining xalqaro aeroportida O‘zbekiston delegatsiyasini Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi o‘rinbosari Askar Shakirov, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif davomida Qozog‘iston Parlamenti rahbariyati va senatorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibida turgan, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarga doir dolzarb masalalar muhokama etiladi.

2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi — “Yo‘l xaritasi”ni imzolash rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют