» » Hindistonlik erkak bir o‘tirishda 50 ta tuxum yeyishdan bahs boylab halok bo‘ldi

Hindistonlik erkak bir o‘tirishda 50 ta tuxum yeyishdan bahs boylab halok bo‘ldi


Hindiston fuqarosi Subxash Yadav juda ko‘p tuxum iste’mol qilgani sababli halok bo‘ldi. Bir o‘tirishda 50 ta tuxum yeya olishni maqsad qilgan Subxash 41-tuxumni yeb bo‘lgach, hushidan ketgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Mavzuga doir: 

42 yoshli hindistonlik erkak do‘sti bilan birga bozorga borgan va ikkovlon u yerda o‘zaro tortishib qolgan. Nizoni o‘ziga xos bahslashuv bilan hal etmoqchi bo‘lishgan. Kelishuvga ko‘ra, bir o‘tirishda 50 ta tuxumni yeya olgan g‘olib 2 ming rupiyaga (21 funt sterling) ega bo‘lardi.

Mavzuga doir: Amerikalik yigit suv ostida sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi va cho‘kib ketdi (video)

Yadav 41-tuxumni yeb bo‘lganidan keyin hushdan ketgan. Bemor zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uni qutqarib qola olmadi. Shifoxonadagilar o‘limning ko‘p va kuchli ovqat iste’mol qilinishi natijasida ro‘y berganligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют