» » Ukraina Rossiyadan Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan kemalarini qaytarishni talab qildi

Ukraina Rossiyadan Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan kemalarini qaytarishni talab qildi


Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan mamlakat kemalarini qaytarish talab qilingan nota yubordi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vaziri Vadim Pristaykoning aytishicha, Kiyev Moskvadan kemalarni qaytarib olish mumkin bo‘lgan aniq vaqt va manzilni bildirishni so‘ragan.

“Bu kemalarni qaytarib olganimizda ularda o‘qlar izlari qolgan yoki yo‘qligini ko‘rmoqchiman. Balki ushbu jarayon kechikayotgani izlar yo‘qotilayotgani bilan bog‘liqdir? Harbiylarimiz istalgan nuqtaga yetib borish va kemalarni qaytarishga tayyor”, — deya ta’kidalagan Pristayko.

2018-yil noyabrida Rossiya chegarachilar Kerch bo‘g‘ozida Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uch kemasi va 24 nafar dengizchisini qo‘lga olgandi. Joriy yil sentabrida dengizchilar vataniga qaytgan, biroq kemalar hozirgacha Ukrainaga qaytarib berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют