» » Ac?badem’dagi jigar va oshqozon osti bezini davolash to‘g‘risidagi birinchi forum

Ac?badem’dagi jigar va oshqozon osti bezini davolash to‘g‘risidagi birinchi forum


Jigar va oshqozon osti bezini davolash usullariga bag‘ishlangan birinchi forum 2019-yil 19-oktabrda Istanbulda Acibadem Maslak shifoxonasida bo‘lib o‘tdi.

Nima uchun bu mavzu tanlandi?

Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab shifokorlar jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining murakkab holatlari bilan tez-tez to‘qnash kelmoqda. Bunday vaziyatlarda muvaffaqiyatli natija ko‘p jihatdan to‘g‘ri, o‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis va samarali muolajaga bog‘liq.

22 mamlakatning yetakchi mutaxassislari muammoni muhokama qilish va unga yechim topish uchun Istanbulda yig‘ilishdi. Iroq, Afrika, MDH, Ekvador, Rossiya, Bolqon davlatlarining gastroenterologlari, onkologlari, jarrohlari davolash usullari, unga ko‘p yo‘nalishli yondashishning afzalliklari bilan tanishdilar.

Davolashning samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bemor sog‘ayishining garovi zamonaviy texnologiyalarning shifokorlar tajribasi va malakasi bilan o‘zaro uyg‘unligidadir. Shuningdek, tegishli sharoitlarda olib boriladigan sifatli operatsiyadan keyingi terapiyani ham hisobga olmaslik mumkin emas.

Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, muolaja faqat biron bir tarkibiy qismga, masalan, agar bulardan faqatgina bittasi bo‘lsa, yuqori malakali mutaxassisga yoki faqatgina zamonaviy uskunaga asoslangan bo‘lsa, natija muvaffaqiyatli bo‘lishiga hech qachon kafolat mavjud emas. Kasallik ustidan faqat eng yangi texnologiyalar, tajribali mutaxassislar — onkologlar, gastroenterologlar, radiatsiya onkologlari, rentgenologlarni oluvchi kompleksli yondashuv g‘alaba qozonishi mumkin. Davolashda ishtirok etadigan mutaxassislar doimiy ravishda yangi texnologiya va ishlanmalarni kuzatib boradilar va ularni amalda qo‘llaydilar.

Ac?badem Maslak shifoxonasida faqat oshqozon osti bezi va jigarni davolashga ixtisoslashgan mutaxassislar jamoasi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda. Bular qatoriga Rechtsder Isar shifoxonasida gepato-pankreatik-biliar jarrohlik (NRV) bo‘limini boshqargan, Myunxendagi (Germaniya) Texnik universitetni boshqargan va shuningdek, Geydelberg universitetida (Germaniya) tibbiy tadqiqotlar olib borgan tibbiyot fanlari Doktori Gyuralp Onur Djyeyxan kiradi. Vestfal universitetida olingan (WWU) tibbiy ta’lim, bilim va malaka, professor Djeyxanga davolash jarayonini takomillashtirishga yordam berdi.

Hozirgi kunda Ac?badem shifoxonasida barcha yangi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Shunday qilib, MR-Linac texnologiyasi (dunyoda to‘qqizichi, Yevropada uchinchi) va Turkiyada birinchi va yagona bo‘lib, radiatsiya onkologi operatsiya jarayonida o‘simtani aniq ko‘ra oladi va jarroh o‘simtani ehtiyotkorlik bilan nurlantiradi — bu kashfiyot! Jigar va oshqozon osti bezi onkologiyasini davolashda samaraliligini isbotladi. Ac?badem Maslak da yil davomida 139 bemor davolanib, 1000 dan ortiq seanslar o‘tkazildi.

Forumda Ac?badem shifoxonasining yetakchi mutaxassislari so‘zga chiqdilar. Forumda ishtirok etgan shifokorlar, shu jumladan, O‘zbekistondan tashrif buyurgan yuqori malakali shifokorlar ham, ushbu sohadagi ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va turkiyalik hamkasblarining yutuqlari bilan qiziqdilar. Klinika bo‘ylab ekskursiya bemorlarning yashash va davolanish sharoitlari bilan tanishish imkonini berdi. Taassurotlar juda ijobiy: besh yulduzli mehmonxona darajasidagi xonalari, palatalari, zamonaviy operatsiya xonalari, kimyoterapiya va nur terapiyasi kurslarini olish uchun mukammal sharoitlar — Cyber Knife, Gamma Knife, Meridian, True beam va boshqa uskunalar ishlatiladi.

Forum qatnashchilari shuni alohida ta’kidladilarki, Ac?badem Maslak shifoxonasi xalqaro standartlarga javob beradigan, barcha tibbiy xizmatlarni juda yuqori darajada bajarilishini ta’minlaydigan shifoxonadir. Tadbir juda qizg‘in, tibbiyotni ham ilmiy, ham kasbiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi.

Turkiyadagi Acibadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acibadem’ning Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: (+99895) 144-54-45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют