» » Samarqanddagi yangi qurilayotgan uylarda 7 nafar usta is gazidan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi

Samarqanddagi yangi qurilayotgan uylarda 7 nafar usta is gazidan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi


4-noyabr kuni Samarqand shahridagi Qorasuv massividagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda ustachilik qilayotgan 7 kishi is gazidan zaharlangan. Bu haqida “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urgut tumani O‘roqboyjar qishlog‘ida yashovchi ustalar hozirda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Hozircha mazkur zaharlanish bo‘yicha hech qanday rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

2-noyabr kuni Samarqandda er-xotin is gazidan zaharlangani haqida xabar berilgan edi.

Samarqand shahar Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv isitish gaz “kolonka”sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют