» » Vadim Abramov O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda olib berilmasligi haqidagi xabardan so‘ng: “Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi”

Vadim Abramov O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda olib berilmasligi haqidagi xabardan so‘ng: “Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi”


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 5-noyabr, seshanba kuni “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan tadbirda terma jamoa ustozi Vadim Abramov televideniye istasa, O‘zbekiston—Qirg‘iziston bellashuvini olib beraverishi degan fikrni bildirdi.

Bizni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi jiddiy o‘yin kutib turibdi. Arablarga qarshi o‘yinda stadion to‘lishiga shubham yo‘q, biroq biz Qirg‘izistonga qarshi kechadigan bahsda ham ishqibozlar ko‘p bo‘lishini istagandik. Shuni o‘ylagan holda va Saudiya Arabistoniga o‘ziga xos “syurpriz” qilish maqsadida o‘yinni TV orqali namoyish qilishni istamagan edik.

Biroq bu masalani ko‘rib chiqayotganda viloyatlardagi muxlislarni inobatga olmagan ekanmiz. Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi: ‘Saudiya Arabistonidan shunchalik qo‘rqyapsizmi?’ degan ohangda. Yo‘q, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz. Agar Sport-TV telekanali o‘yinni olib ko‘rsatishni istasa, marhamat, namoyish qilaversin. Bunga qarshiligimiz yo‘q. Aytgancha, bizga translyatsiya uchun pul berilmaydi.

Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi qarori bilan TV orqali namoyish etilmasligi xabar qilingan va Abramov ham buni tasdiqlagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют