» » AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish jarayonini boshladi

AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish jarayonini boshladi


AQSh 4-noyabr, dushanba kuni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan rasman chiqish jarayonini boshladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.

“AQSh Parij kelishuvidan chiqish jarayonini boshladi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu haqda BMTga rasmiy bildiruv yubordi. Kelishuvdan chiqish bildiruv yuborilganidan bir yil o‘tib amalga oshiriladi”, — deyiladi Pompeoning bayonotida.

Pompeoning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi ishchilar, biznes va soliq to‘lovchilarga shaffof bo‘lmagan iqtisodiy majburiyatlarni yuklovchi ushbu kelishuvdan chiqish qarori haqida 2017-yil 1-iyundayoq ma’lum qilgan.

“AQSh shundoq ham zararli tashlanmalarning barcha turlarini qisqartirdi. Bu ko‘rsatkich 1970-yildan 2018-yilgacha 74 foizga, parnik gazlari tashlanmalari esa 2005-yildan 2017-yilgacha 13 foizga qisqardi”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют