» » Farg‘onada odam o‘limiga sabab bo‘lgan mast haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada odam o‘limiga sabab bo‘lgan mast haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


2-noyabr, shanba kuni soat taxminan 23:45 da Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida mast holdagi haydovchi М.А. tomonidan tegishli hujjatlarsiz boshqarilgan “VAZ-2106” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotganligi sababli avtomashina Ravnaq ko‘chasidagi ko‘prik yonida, yo‘lning o‘ng chekkasidagi beton to‘siqqa urilib, olti nafar yo‘lovchisi bilan ag‘darilgan.

YTH oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, haydovchi va qolgan yo‘lovchilar esa turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, dastlabki tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют