» » O‘zbekistonda 2019-yilning 10 oyi mobaynida sodir bo‘lgan 9384 ta yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2019-yilning 10 oyi mobaynida sodir bo‘lgan 9384 ta yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekiston Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning o‘tgan 10 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15 586 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 35 nafar kishi qutqarilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabar berilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida 1 271 bosh uy hayvoni, 123 xil texnika, 289 milliard so‘mdan ziyod bino va inshootlar va 95 milliard so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlab qolingan.

2019-yilning o‘tgan 10 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar 2018-yilning mos davriga nisbatan 345 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan. Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning mazkur davri davomida respublika hududida jami 9 384 ta yong‘in qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 88 kishi halok bo‘lgan va 240 kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 69,3 foizi aholi yashash joylarida, 9,5 foizi tadbirkorga tegishli obyektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarda yuzaga kelgan. Yong‘inlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,9 foizi bolalarning sho‘xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют