» » Buyuk Britaniyada muhojir o‘smirga hujum qilganligi uchun to‘qqiz kishi hibsga olindi

Buyuk Britaniyada muhojir o‘smirga hujum qilganligi uchun to‘qqiz kishi hibsga olindi


Buyuk Britaniya politsiyasi kurd o‘smiriga hujum qilganligi uchun to‘qqiz kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hodisa 1-aprel, shanba kuni kechasi Londonning Kroydon tumanida yuz bergan. Kurd o‘smiri va uning ikki do‘sti bekatda avtobus kutib turgan vaqtda bir guruh yoshlar ularga yaqinlashgan.

“Gumonlanuvchilar jabrlanuvchidan uning qayerdan ekanligini so‘ragan. O‘smirning muhojir ekanligini bilgach gumonlanuvchilar unga tashlangan va shafqatsizlik bilan uni do‘pposlagan”, — deb hikoya qilgan politsiya inspektori Geri Kasl. O‘smir boshidan va yuzidan jiddiy jarohat olgan.

Hujumda hammasi bo‘lib 20 kishi qatnashgan. Qolganlar hozirgi vaqtda qidirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют