» » Louis Vuitton rahbari dunyoning eng badavlat odamlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Louis Vuitton rahbari dunyoning eng badavlat odamlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi


Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) korporatsiyasi rahbari Bernar Arno dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Forbes ma’lum qildi.

Nashr manbalariga ko‘ra, 70 yoshli Arno va oilasining mol-mulki 107 milliard dollarga yetgan. Shu tariqa LVMH rahbari Microsoft asoschisi Bill Geytsdan (106,8 milliard dollar) o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Arno mol-mulki 100 milliard dollardan oshgan dunyodagi uchinchi kishi bo‘lgandi. U Yevropadagi eng badavlat inson hisoblanadi.

Dunyo millliarderlari ro‘yxatida avvalgidek peshqadamlikni 112,4 milliard dollar bilan Amazon onlayn-riteyleri asoschisi Jeff Bezos egallab turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют