» » Agro Food Forum 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasi yakuniga etdi (foto)

Agro Food Forum 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasi yakuniga etdi (foto)


Toshkent shahridagi “Zarqaynar” galereyasida o‘tkazilgan Agro Food Forum 2017 xalqaro konferensiyasi yakuniga etdi. Forumga “Meva-sabzavotni qayta ishlash texnologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi” mavzu etib tanlandi.

Bu yil forum nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham ko‘plab kompaniyalar e’tiborini o‘ziga tortdi. Uning ishida FAM (Belgiya), Octofrost (Shvetsiya), Cabinplant (Daniya), OMIP (Italiya), TOMRA (Belgiya), Visser (Gollandiya) kabi o‘ndan ortiq qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi kompaniya ishtirok etdi. 

Anjuman doirasida kichik va o‘rta biznesning yuzlab vakillari, fermerlar va uskunalar yetkazib beruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashdi. BtoB shakli tufayli mutaxassislar sheriklar va uskunalar yetkazib beruvchilarni topish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Konferensiyada meva-sabzavot mahsulotlari sifatini oshirish, qayta ishlashni yaxshilash va qadoqlash usullari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish muhokama qilindi. Forum ishtirokchilari zamonaviy uskunalarni tanlash, o‘rnatish va foydalanish tajribasi bilan bo‘lishdi, eksport hajmini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. 

GMG kompaniyasi vakili oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradigan zamonaviy uskunalar haqida batafsil hikoya qilib berdi. Chet ellik mehmonlar sabzavot, meva va boshqa agromahsulotlar sifatini yaxshilash, boshqa davlatlarga eksport hajmini oshirishning yangi usullarini taqdim etdi. Kompaniyalar vakillari forum qatnashchilarining savollariga mufassal javob berdi. 

Taqdimotlarda yetishtirilgan mahsulotni maxsus algoritmlar yordamida tasniflash uchun ishlab chiqilgan innovatsion kompyuter dasturlari va ilovalardan foydalanish usullari namoyish etildi. 

Tashkilotchilar forumni o‘tkazishga ijodiy yondoshdi: mehmonlarni torli ansambl qarshi oldi, tanaffus chog‘ida ularning kayfiyatini taklif etilgan ko‘zboylag‘ich ko‘tardi, betakror Sevara Nazarxonning chiqishi esa kechaning yorqin yakuni bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha Yevropa uskunalarini yetkazib berish sohasida Markaziy Osiyodagi eng yirik kompaniyalardan biri General Machinery Group (GMG) forum tashkilotchisi bo‘ldi. Kompaniya mutaxassislari har qanday murakkablikdagi ishlab chiqarish liniyalarini tayyor holga keltirib beradi: bu kerakli uskunani saralab olish va o‘rnatishdan tortib, uni sexda ishga tushirish, sinov rejimida foydalanib ko‘rish va kafolatli servis xizmatini ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya keng spektrdagi qishloq xo‘jaligi va unga bog‘liq soha texnikasini yetkazib beradi.

Forum qatnashchilari hikoya qiladi

Simone Zaffoli, COMPAC kompaniyasi (Yangi Zelandiya): 

— Mazkur forumga taklif etishganida bundan juda mamnun bo‘ldim. O‘zbekiston bozori tez rivojlanib bormoqda va ishlab chiqarishni yaxshilash uchun zamonaviy texnologiyalarga ehtiyoj sezadi. Forum va uning doirasidagi ko‘rgazma xorijiy kompaniyalarga bo‘lajak buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. 

Alfonso Califano, OMIP kompaniyasi (Italiya): 

— Oxirgi yillarda O‘zbekistonda agromahsulot bozori o‘ta shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Masalan, ilgari mevalar quritilgan bo‘lsa, hozirda shok usulida muzlatilmoqda. Sabzavot va mevalar eksporti geografiyasi kengaymoqda: oldin O‘zbekiston ularni asosan Rossiyaga yetkazib bergan bo‘lsa, endilikda Yevropa davlatlariga eksport hajmi oshib bormoqda. Aynan shu sababli tajriba almashish uchun bunday xalqaro forumlarni o‘tkazish muhim. 

Abdulaziz Jo‘rayev, AgroHouse kompaniyasi (O‘zbekiston):

— Kompaniyamiz chet elda yuqori sifatli urug‘lar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qidirish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Biz bu kabi forumlarda avvaldan faol ishtirok etamiz. Fermerlar, agrobiznes vakillari bilan uchrashamiz va natijada doimiy, ishonchli mijozlarni topamiz.

Botir Soliyev, GMG kompaniyasi (O‘zbekiston):

— Forumda oziq-ovqat mutaxassislari dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha eng ilg‘or texnologiyalar bilan tanishdi. Tajribali xodimlar va malakali konsultantlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ular kelgusida ham forumning barcha qatnashchilari biznesi oyoqqa turishi va rivoj topishida yordam berishga tayyor. 

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют