» » “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqida, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Aprel oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod”, Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Oh, Salima, Salima”, “Kokteyl”, “Bebahoginam”, “Yettinchi qavat”, “Voy dod 2” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
2-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama)
Rejissor — Rustam Sa’diyev
3-o‘rin. “Ketaman dedimmi, ketaman” (komediya)
Rejissor — Iqbol Meliqo‘ziyev
4-o‘rin. “Isnod” (drama)
Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov
5-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” (komediya)
Rejissor — Ulug‘bek Yunusov

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют