» » O‘zbekiston elchisi Latviya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Latviya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi


5-noyabr kuni Riga qal’asida O‘zbekistonning elchisi Qadambay Sultanov Latviya prezidenti Egils Levitsga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Latviya rahbari uning mamlakati Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda jadal amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan va Riga Toshkentning islohchilik sa’y-harakatlariga bundan keyin ham ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi

Shuningdek, O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning kun tartibi, mintaqaviy va xalqaro ko‘p tomonlama tuzilmalar, jumladan, Yevropa Ittifoqi, BMT doirasidagi aloqalarning ko‘plab masalalari va Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni (people-to-people ties) mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют