» » Agro Food Forum 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasi yakuniga yetdi (foto)

Agro Food Forum 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasi yakuniga yetdi (foto)


Toshkent shahridagi Zarqaynar galereyasida otkazilgan Agro Food Forum 2017 xalqaro konferensiyasi yakuniga yetdi. Forumga Meva-sabzavotni qayta ishlash texnologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi mavzu etib tanlandi.

Bu yil forum nafaqat Ozbekistonda, balki xorijda ham koplab kompaniyalar etiborini oziga tortdi. Uning ishida FAM (Belgiya), Octofrost (Shvetsiya), Cabinplant (Daniya), OMIP (Italiya), TOMRA (Belgiya), Visser (Gollandiya) kabi ondan ortiq qishloq xojaligi sohasidagi yetakchi kompaniya ishtirok etdi.

Anjuman doirasida kichik va orta biznesning yuzlab vakillari, fermerlar va uskunalar yetkazib beruvchilar ozlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashdi. BtoB shakli tufayli mutaxassislar sheriklar va uskunalar yetkazib beruvchilarni topish imkoniyatiga ega boldi.

Konferensiyada meva-sabzavot mahsulotlari sifatini oshirish, qayta ishlashni yaxshilash va qadoqlash usullari, shuningdek, fermer xojaliklari faoliyatini rivojlantirish muhokama qilindi.Forum ishtirokchilari zamonaviy uskunalarni tanlash, ornatish va foydalanish tajribasi bilan bolishdi, eksport hajmini oshirish yollarini korib chiqdi.

GMG kompaniyasi vakili oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradigan zamonaviy uskunalar haqida batafsil hikoya qilib berdi. Chet ellik mehmonlar sabzavot, meva va boshqa agromahsulotlar sifatini yaxshilash, boshqa davlatlarga eksport hajmini oshirishning yangi usullarini taqdim etdi. Kompaniyalar vakillari forum qatnashchilarining savollariga mufassal javob berdi.

Taqdimotlarda yetishtirilgan mahsulotni maxsus algoritmlar yordamida tasniflash uchun ishlab chiqilgan innovatsion kompyuter dasturlari va ilovalardan foydalanish usullari namoyish etildi.

Tashkilotchilar forumni otkazishga ijodiy yondoshdi: mehmonlarni torli ansambl qarshi oldi, tanaffus chogida ularning kayfiyatini taklif etilgan kozboylagich kotardi, betakror Sevara Nazarxonning chiqishi esa kechaning yorqin yakuni boldi.

Eslatib otamiz, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boyicha Yevropa uskunalarini yetkazib berish sohasida Markaziy Osiyodagi eng yirik kompaniyalardan biri General Machinery Group (GMG) forum tashkilotchisi boldi. Kompaniya mutaxassislari har qanday murakkablikdagi ishlab chiqarish liniyalarini tayyor holga keltirib beradi: bu kerakli uskunani saralab olish va ornatishdan tortib, uni sexda ishga tushirish, sinov rejimida foydalanib korish va kafolatli servis xizmatini korsatishgacha bolgan jarayonlarni oz ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya keng spektrdagi qishloq xojaligi va unga bogliq soha texnikasini yetkazib beradi.

Forum qatnashchilari hikoya qiladi

Simone Zaffoli, COMPAC kompaniyasi (Yangi Zelandiya):

Mazkur forumga taklif etishganida bundan juda mamnun boldim. Ozbekiston bozori tez rivojlanib bormoqda va ishlab chiqarishni yaxshilash uchun zamonaviy texnologiyalarga ehtiyoj sezadi. Forum va uning doirasidagi korgazma xorijiy kompaniyalarga bolajak buyurtmachilar bilan togridan-togri uchrashish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Alfonso Califano, OMIP kompaniyasi (Italiya):

Oxirgi yillarda Ozbekistonda agromahsulot bozori ota shiddat bilan ozgarib bormoqda. Masalan, ilgari mevalar quritilgan bolsa, hozirda shok usulida muzlatilmoqda. Sabzavot va mevalar eksporti geografiyasi kengaymoqda: oldin Ozbekiston ularni asosan Rossiyaga yetkazib bergan bolsa, endilikda Yevropa davlatlariga eksport hajmi oshib bormoqda. Aynan shu sababli tajriba almashish uchun bunday xalqaro forumlarni otkazish muhim.

Abdulaziz Jorayev, AgroHouse kompaniyasi (Ozbekiston):

Kompaniyamiz chet elda yuqori sifatli uruglar, mineral ogitlar va osimliklarni himoya qilish vositalarini qidirish va yetkazib berish bilan shugullanadi. Biz bu kabi forumlarda avvaldan faol ishtirok etamiz. Fermerlar, agrobiznes vakillari bilan uchrashamiz va natijada doimiy, ishonchli mijozlarni topamiz.

Botir Soliyev, GMG kompaniyasi (Ozbekiston):

Forumda oziq-ovqat mutaxassislari dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan meva-sabzavotni qayta ishlash boyicha eng ilgor texnologiyalar bilan tanishdi. Tajribali xodimlar va malakali konsultantlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ular kelgusida ham forumning barcha qatnashchilari biznesi oyoqqa turishi va rivoj topishida yordam berishga tayyor.

Reklama huquqi asosida

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (3-04-2017, 16:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -