» » Kiyev meri Vitaliy Klichko davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Kiyev meri Vitaliy Klichko davlatga xiyonatda ayblanmoqda


Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning ikki o‘rinbosariga nisbatan davlatga xiyonat hamda mablag‘larni talon-toroj qilish ayblovlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq Kiyev shahar kengashi deputatlari Klichkoni Shulyavskiy ko‘prigini ta’mirlashda mansabini suiiste’mol qilish va mablag‘ o‘marishda gumon qilgandi. Deputatlar shikoyatida Klichko shahar ma’muriyati a’zolari va ko‘prikni ta’mirlagan korxona mansabdor shaxslari bilan birga budjet mablag‘laridan ko‘zda tutilganidan oshiqcha foydalangan bo‘lishi mumkinligi bildirilgan.

Shuningdek, deputatlar Klichkoni ayrim shaxslarning poytaxt g‘aznasi hisobidan o‘ta yirik miqdorda noqonuniy boyishiga ko‘mak berganlikda gumon qilmoqda.

Klichko va uning o‘rinbosarlariga nisbatan shaharda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, Kiyevdagi turar va noturar joylarni noqonuniy qurish hamda ta’mirlashda ham ayblovlar ilgari surilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют