» » Malayziya KXDRning to‘rt fuqarosini izlashda Interpoldan madad kutmoqda

Malayziya KXDRning to‘rt fuqarosini izlashda Interpoldan madad kutmoqda


Malayziya hali ham KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Namning o‘limida gumonlanayotgan 4 fuqaroni qo‘lga olishda Interpolning yordamiga ishonmoqda. Bu haqda The Star gazetasiga tayanib, “TASS” xabar qilmoqda.

Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Homidiyning so‘zlariga ko‘ra, Kuala-Lumpur gumonlanuvchilarni qidirishda tashkilotning hamkorligiga suyanmoqda. Uning ta’kidlashicha, ish Interpol rahbari Men Xunveyning shaxsiy nazorati ostiga olingan.

Interpol KXDRning 4 fuqarosiga nisbatan 16-martda qizil xabarnoma e’lon qilgan. Xabarnoma nomiga order berilgan shaxslarning joylashgan joyini aniqlash va ularni boshqa davlatga topshirish yoki qonunchilikka muvodfiq boshqa xatti-harakatni amalga oshirishga ruxsat beradi.

Ma’lumot uchun, fevral oyining oxirida Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari KXDRning 4 fuqarosiga nisbatan qidiruv e’lon qilishni so‘rab Interpolga murojaat qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют