» » Toshkentda uchta avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkentda uchta avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi


Toshkent shahrining Yangi Sergeli yo‘li va Choshtepa ko‘chalari chorrahasi yopilganligi munosabati bilan “4-avtobus saroyi” MChJga biriktirilgan 57,  84, 122-avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartrans” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

57-sonli “Erkin qo‘rg‘oni—Oloy bozori” va 84-sonli “Obod turmush MFY—Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishlarining “Erkin qo‘rg‘oni” bekatidan harakatlanish yo‘nalishi bir tomonlama, ya’ni, Choshtepa, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari, THAY ko‘prigi va Yangi Sergeli yo‘li ko‘chasi orqali o‘tib, keyingi harakatni o‘z yo‘nalishida davom ettiradi.

122-sonli “Karvon bozori—Qo‘yliq M2” avtobus yo‘nalishining “Qo‘yliq bozori” bekatidan harakatlanish yo‘nalishi bir tomonlama — THAY, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari, Yangi Sergeli yo‘li va Gavhar ko‘chalari chorrahasi, Yangi Sergeli yo‘li va Choshtepa ko‘chalari orqali o‘tib, keyingi harakatni belgilangan yo‘nalishda davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют