» » Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan hududiy masalada aniq kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda

Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan hududiy masalada aniq kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe aprel oyining oxirida Rossiyaga tashrif buyurishi va Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Men shimoliy orollar aholisining xohish-istagini unutmagan holda, Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash uchun aniq va davomli harakat qilishni maqsad qilib qo‘yganman”, — dedi bosh vazir o‘z axborotida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 30-martda Sindzo Abening mamlakatga tashrifi aprel oyining uchinchi o‘n kunligiga rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Putin bilan uchrashish uchun 27—28-aprel kunlari Rossiyaga kelishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют