» » So‘rov natijalari Tramp AQSh prezidentligiga saylovlardagi bo‘lajak raqiblaridan ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda

So‘rov natijalari Tramp AQSh prezidentligiga saylovlardagi bo‘lajak raqiblaridan ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda


Donald Tramp 2020-yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligiga saylovlarda raqibi bo‘lishi kutilayotgan Demokratlar partiyasining 5 nafar vakilidan saylovchilar o‘rtasida ma’qullanish bobida ortda qolmoqda. Langer Research Associates sotsiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda, deya xabar berdi “TASS”.

Tahlillarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilishga 5 nafar siyosatchining imkoniyati yuqori hisoblanadi. Gap sobiq vitse-prezident Jozef Bayden, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren, Saut-Benda shahri meri Pit Buttejaj va Kaliforniyadan senator Kamal Xarris haqida ketmoqda.

So‘rov natijalarida keltirilishicha, agar AQSh prezidenti saylovlari hozir o‘tkazilganda, Tramp yuqoridagi besh siyosatchining har biriga yutqazgan bo‘lardi. Jumladan, agar Bayden demokratlar vakili bo‘lganida saylovchilarning 56 foiz ovozini olgan,Tramp esa 39 foiz ovoz bilan qolgan bo‘lardi. Sanders raqib bo‘lganida ham shunday natija qayd etilardi.

Uorren Trampni 54 ga 39, Buttejaj 51 ga 40, Xarris esa 52 foizga 41 foiz nisbati bilan ortda qoldirgan bo‘lardi.

Trampning o‘zi oldinroq bir necha bor OAV buyurtmasiga asosan o‘tkaziladigan bu kabi so‘rov natijalariga ishonmasligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют