» » Davlat organlari mansabdor shaxslari televideniye ko‘rsatuvlarida ishtirok etadi

Davlat organlari mansabdor shaxslari televideniye ko‘rsatuvlarida ishtirok etadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-mart kungi qarori Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan, deb yozadi Norma.

Mazkur hujjat bilan institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi, umumiy shtat soni — markaziy apparat tarkibi va uning bo‘linmalari bilan 115 nafar etib ma’qullandi.

Qarorda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari Institut bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi kerakligi ta’kidlangan. Jumladan, ularning rahbariyati talab etilgan ma’lumotlar, materiallar va o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha bildirilgan tavsiyalarni o‘z vaqtida taqdim etishi lozimligi qayd etildi.

Joriy yilning ikkinchi yarimidan boshlab markaziy va mahalliy telekanallarda davlat organlari mansabdor shaxslari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokidagi qo‘shma teleko‘rsatuvlar namoyishi yo‘lga qo‘yiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют