» » Pokistonda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan qayiq to‘ntarilib ketishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Pokistonda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan qayiq to‘ntarilib ketishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi


Pokiston janubida qayiqning to‘ntarilib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqida ARY News telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.

Ma’lumotda keltirilishicha, 20 nafar odami bo‘lgan qayiq mamlakat janubidagi Moro shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan daryoda to‘ntarilib ketgan. Qutqaruvchilar hamda mahalliy aholi halok bo‘lganlarning jasadini chiqarib oldi, shuningdek, qolgan 16 yo‘lovchiga suvdan chiqishlarida yordam ko‘rsatgan.

Omon qolganlardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Jabrlanuvchilar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, noxush hodisaga kema boshqaruvchisining tajribasizligi sabab bo‘lgan. Tuman shifoxonalarida favqulotda holat e’lon qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют