» » O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvini germaniyalik hakam boshqaradigan bo‘ldi

O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvini germaniyalik hakam boshqaradigan bo‘ldi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini germaniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

9-noyabr, shanba kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsga FIFA referisi — Bastian Dankert bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yan Zaydel va Rene Rode yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev bajaradi.

Ta’kidlanishicha, Dankert O‘FA va Germaniya futbol ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida taklif etilgan. Bastian JCh—2018 musobaqasida VAR tizimi bo‘yicha faoliyat olib borgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi

9-noyabr, 17:00

“Paxtakor” stadioni

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya)

Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya)

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют