» » Namanganda mast erkak avtomashina olib qochib YTH oqibatida vafot etdi

Namanganda mast erkak avtomashina olib qochib YTH oqibatida vafot etdi


Namanganda qarovsiz qoldirgan mashina mast fuqaro tomonidan olib qochildi, ushbu hodisa ayanchli yakun topdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

7-noyabr kuni soat taxminan 00:35 da, 23 yoshli fuqaro N.A, mast holatda bo‘la turib, o‘zining tanishlari 24-yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.Tga tegishli bo‘lgan “VAZ-21013” rusumli avtomashinani olib qochgan.

U Pungon-Namangan yo‘lining 68 kilometirida, boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilgan.

YTH oqibatida, avtomashinani boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida yuz bergan mudhish yo‘l-transport vositasi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida ikki Isuzu ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют