» » O‘zbekiston Tailand bilan kelisha olmadi. Raqib Janubiy Koreya esa o‘ziga raqib topdi

O‘zbekiston Tailand bilan kelisha olmadi. Raqib Janubiy Koreya esa o‘ziga raqib topdi


Janubiy Koreya va Iroq terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Bahs 8-iyun kuni Dubayda o‘tishi rejalashtirilgan. Bu har ikki terma jamoa uchun JCh—2018 saralash o‘yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Boisi, 13-iyun kuni Janubiy Koreya safarda Qatarga qarshi, Iroq esa o‘z maydonida Yaponiyani qabul qiladi. Bu borada ikki terma sparing raqib topishda bir-biriga o‘xshab ketadigan jamoalar kuchidan foydalandi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi Tailand bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erisha olmagani ma’lum qilingandi. Iyun oyining ikkinchi o‘n kunligida Samvel Babayan shogirdlari Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 17:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют