» » Asosiy belgisi toliqish bo‘lgan kasalliklar

Asosiy belgisi toliqish bo‘lgan kasalliklar


Immun tizimi kasallik bilan kurasharkan, unga barcha mavjud energiya zaxiralari zarur bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik kasalliklarning asosiy alomati toliqish ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Biz asosiy belgilari holsizlikdan iborat bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Qalqonsimon bez bo‘yin asosida joylashgan bo‘lib, u hammasini – energiya miqdoridan tortib metabolizm tezligi va immun tizimi faoliyatigacha boshqarib turadi. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi juda keng tarqalgan.

Quvvat yetishmasligi bu kasallikning eng ko‘zga ko‘ringan belgisi hisoblansa ham unga yana vaznning oshishi, ich qotishi, teri quruqligi va doimiy sovqotish alomatlari qo‘shiladi.

Mialgik ensefalomiyelit  nomi bilan taniqli bo‘lgan bu kasallikning klassik xususiyati yengib bo‘lmaydigan charchoqlikdan iborat bo‘lib, u hech qanday harakatni bajara olmaslik holatiga olib keladi. Bu sindrom bilan kasallangan odamlar to‘shakda yotgan yoki uyidan chiqa olmaydigan ahvolga tushib qolgan.

Kamqonlik — qon tarkibidagi havo tashish uchun xizmat qiladigan qizil tanachalarning yetishmaslik holati. Kamqonlikda shuningdek temir va B12 vitamini yetishmaslik belgilari ham kuzatiladi. Uning toliqishdan tashqari rangpar teri, qatlanuvchi tirnoqlar, kuchli yurak urishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i kabi boshqa klassik alomatlari ham mavjud.

Kuchli tashnalikdan va tez-tez bovul qilishdan tashqari toliqish — diabetning birinchi va eng qat’iy belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmning doimiy ravishda qondagi qand miqdorini normallashtirishga urinishi kuchsizlanishga olib keladi.

Manba: Women’s Health Russia

Опубликовано: admin (3-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют