» » Avstraliya qo‘riqxonasi hududidagi o‘rmonlarning yonishi oqibatida yuzlab koalalar qurbon bo‘ldi

Avstraliya qo‘riqxonasi hududidagi o‘rmonlarning yonishi oqibatida yuzlab koalalar qurbon bo‘ldi


Avstraliyaning Yangi janubiy Uels shtatidagi qo‘riqxona hududidagi o‘rmonlarning yonishini oqibatida yuzlab koalalar halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Koala Conservation Australia tashkiloti 350 ta koala o‘rmonlar yonishi sabab halok bo‘lgan, qo‘riqxonada jami 500 tadan 600 tagacha koala yashaydi.

Qutqarib qolingan hayvonlarga koalalar uchun maxsus veterenariya muassasasida yordam ko‘rsatilmoqda. U yerda koalarning jarohatlari bog‘lanib, ularga evkalipt va sut aralashmasi berilmoqda.

Veterenariya muassasasi xodimlari o‘rmonlar yong‘ini sabab jami qancha koalaga zarar yetganini 10 kundan keyin aniq aytish mumkinligini bildirdi.

“Yangi janubiy Uels shtatidagi koalalar halokat yoqasiga kelib qolgan, agar ularning qirilib ketishi shu tempda davom etsa, 20—30 yildan keyin ya’ni XXI asr o‘rtalariga borib yovvoyi tabiatdagi koalalar butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin”, — deydi shtatdagi tabiatni muhofaza qilish kengashi vakili Jeyms Tremeyn.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют