» » Samarqand viloyat XTB sinf xonalarining abgorligi tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

Samarqand viloyat XTB sinf xonalarining abgorligi tasvirlangan videoga munosabat bildirdi


Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati Samarqand shahridagi maktabning xonalari abgor bo‘lib yotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ayrim sinfxonalaridagi ta’mirtalab holat aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilganda ayni paytda 40-umumta’lim maktabida bunday sinfxona yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 1420 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur umumta’lim maktabida 25 ta sinfxona mavjud bo‘lib, ular 2017-yil iyun oyida to‘liq ta’mirlangan. Video esa bundan uch yil avval tasvirga olingan.

Mavzuga doir: “Paxsa devorli hujrada 96 nafar o‘quvchi o‘qiydi”. Chiroqchiliklar maktab filiallari talabga javob bermasligidan shikoyat qilmoqda

O‘tgan yillar davomida maktabga viloyatdagi tugatilayotgan kasb-hunar kollejlaridan parta va stol-stullar olib kelingan. Bu boradagi muammolar ham bartaraf etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют