» » Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi (foto)

Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi (foto)


Toshkentning “Turkiston” san’at saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokor va hamshiralar, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirok etgan marosimda Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda Prezidentning maxsus farmoniga ko‘ra bir guruh soha vakillariga Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan davlat mukofotlari topshirildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Tadbirda qayd etilishicha, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi uch yil ichida sog‘liqni saqlash sohasini isloh etish bo‘yicha 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Prezident farmoni bilan 2019—2025-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, soha taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют