» » Qarshida puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi

Qarshida puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi


Qarshida 7-noyabr kuni taxminan soat 02:00 da puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishiicha, 41 yoshli G.T.ning puldor jabrlanuvchi haqidagi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli I.D. jinoiy sheriklari 20 yoshli J.S., 20 yoshli Sh.O., 21 yoshli F.T., 34 yoshli O.S. va 35 yoshli S.X.lar yuzlariga niqob kiyib, temir truba va pichoq hamda skotch yordamida, Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi 63 yoshli fuqaro M.A.ning uyiga bosqinchilik sodir etish maqsadida g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Ular jinoyatni sodir etayotgan vaqtida Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida ushlangan. Hodisa joyini ko’zdan kechirish jarayonida ushlangan shaxslardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan 7-noyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Zangiotada 2 nafar bosqinchi tunda bir fuqaroning uyidan 30 mln so‘m o‘g‘irladi

Jinoyat sodir etishda ishtirok etgan barcha shaxslarga ayblov e’lon qilinib, hozirda jinoyat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют