» » O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi (video)


O‘zbekiston terma jamoasi 9-noyabr, shanba kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Igor Sergeyev o‘ng qanotdan tashkil qilingan hujumni golga aylantirdi. 30-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi, Farxod Musabekov burchak zarbasidan so‘ng to‘pni Eldor Suyunov darvozasiga joylab qo‘ydi.

53-daqiqada zaxiradan maydonga qo‘shilgan Doston Hamdamov Odil Ahmedovning uzatmasidan keyin maydon egalarining ikkinchi golini urdi. 80-daqiqada Jamshid Iskanderov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralash bahslaridan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

9-noyabr, 17:00

“Paxtakor” stadioni

Gollar: 1:0 — 11 Igor Sergeyev, 1:1 — 30 Farxod Musabekov, 2:1 — 53 Doston Hamdamov, 3:1 — 80 Jamshid Iskanderov

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Sharof Muhitdinov, Islom To‘xtaxo‘jayev (Rustam Ashurmatov, 46), Odil Ahmedov, Murod Xolmuhammedov (Hojiakbar Alijonov, 64), Odil Hamrobekov (Lutfulla To‘rayev, 58), Abror Ismoilov (Ikrom Aliboyev, 46), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov (Jamshid Iskanderov, 70), Aziz Turg‘unboyev (Doston Hamdamov, 46), Igor Sergeyev.

Qirg‘iziston: Pavel Matyash, Tamirlan Kozubayev, Mustafa Yusupov, Guljigit Alikulov, Edgar Bernhardt (Baxtiyor Duyshobekov, 63), Mirlan Murzayev (Qayrat Jirgalbek Uulu, 63), Bekjan Saginbayev (Aleksandr Mishchenko, 63), Odiljon Abdraxmanov, Akramjon Umarov (Azamat Baymatov, 74), Vitaliy Lyuks (Murolim Ahmedov, 7), Farxat Musabekov (Ahliddin Isroilov, 64).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют