» » Otabek Umarov Aralash jang san’atlari assotsiatiyasi prezidentiga aylandi

Otabek Umarov Aralash jang san’atlari assotsiatiyasi prezidentiga aylandi


O‘zbekistonda Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda tashkilotning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Assotsiatsiya faoliyatini GFC XX musobaqasi bilan boshlaydi. U 23-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Unga rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov ham tashrif buyuradi.

Ta’kidlanishicha, mazkur assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan Otabek Umarov saylangan. Assotsiatsiyaning saylangan rahbari GFC XX musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar bilan uchrashib, mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishgan. Shuningdek, u yerda faxriy sportchilar, chempionlar – o‘zbekistonlik MMA ishtirokchilari va sportning yana ko‘plab yetakchi vakillari ham hozir bo‘lgan.

Qayd etish lozim, GFC XX musobaqasida O‘zbekistondan 8 nafar sportchi– Akmal Amirov, Avliyoxon Hamidov, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Nursulton Ro‘ziboyev, Jamshid Rahmonaliyev, Muzaffar Rajabov va Amin Ergashev qatnashadi.

Musobaqaning bo‘lg‘usi ishtirokchilari ta’kidlashicha, sportchilarga professional ko‘mak beradigan bunday tashkilot faoliyat boshlagani muhim ahamiyatga ega.

Xabarda qayd etilishicha, shu paytgacha ular aralash jang san’atlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun hujjatlar tayyorlash jarayonida ko‘plab muammolarga duch kelishar, yirik musobaqalarni malakali murabbiylarsiz o‘tkazishar, bu esa, tabiiyki, psixologik va jismoniy tayyorgarlikda, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarida jiddiy bo‘shliqni yuzaga keltirgan.

Otabek Umarov shu kabi masalalarni hal etib, vaziyatni o‘nglash uchun amaliy sa’y-harakatlar ko‘rish, O‘zbekistonda MMA rivojiga befarq bo‘lmagan homiylarni jalb qilishni ma’lum qilgan. Assotsiatsiya rahbari hamkorlik qilishni istaydiganlar ko‘p bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Otabek Umarov Triatlon federatsiyasi raisi ham hisobalanadi. Tashkilotning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, u federatsiya raisligini ham davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют