» » Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi haydovchisi 2 kishini urib yuborib ularning o‘limiga sabab bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi haydovchisi 2 kishini urib yuborib ularning o‘limiga sabab bo‘ldi


Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida “Gaz 52” rusumli yuk mashinasi, yo‘l qatnov qismining chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, 9-noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi Ye.A. “Gaz 52” rusumli yuk mashinasini ishonchnoma orqali Amudaryo viloyati “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” A-380 avtomobil yo‘lining 727 kilometrda boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining o‘ng chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A. larni urib yuborgan.

Natijada, B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda Ye.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib so‘roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman “Tinchlik” MFY hududidan o‘tuvchi To‘ytepa—Yangiyo‘l yo‘lining 52-kilometrida ikki avtobus ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida ikki Isuzu ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют