» » Suriyaning shimoliy qabilalari BMTdan “Turkiyaning tajovuzlari”ga qarshi chora ko‘rishni so‘ramoqda

Suriyaning shimoliy qabilalari BMTdan “Turkiyaning tajovuzlari”ga qarshi chora ko‘rishni so‘ramoqda


Suriya shimolida tuzilgan Shagba qabila oqsoqollari kengashi “turk okkupatsiyasi” va kurdlarning deportatsiya qilinganini qoraladi va BMT Xavfsizlik kengashini ushbu harakatlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Shagba qabila oqsoqollari kengashi Suriya shimolidagi oltita qabilani birlashtirib turadi. “Turkiyaning istilochilik harakatlari, doimiy zo‘ravonliklar va kurdlarning quvilishi hudud demografiyasini o‘zgartirishga qaratilgan. Kurd xalqining ko‘plab oilalari o‘z qishloqlaridan chiqib ketishga majbur qilingan”, — deyiladi qabila oqsoqollari kengashining bayonotida.

Shuningdek, bayonotda ta’kidlanishicha, Shagba mintaqasi aholisi arablar, kurdlar va va turkmanlarni bir-biridan ajratmaydi. Hujjat urush harakatlari ketayotgan Al-Vair va Kasir hududlaridagi aholini Shagbaga kelishga chaqiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют