» » Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi


Mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xolis fikr” Telegram kanali.

Tashabbus Jerar Depardyening o‘zidan chiqqan. U O‘zbekistonning turizm targ‘ibotini Fransiyadan tashqari Yevropa davlatlarida ham olib borish niyatida ekan, deyiladi xabarda.

Ayni paytda O‘zbekistonning o‘n to‘rtta turizm elchisi faoliyat yurityapti. Shundan olti nafari shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Ular “Ipak yo‘lida turizm” yigirma beshinchi sayyohlik ko‘rgazmasi ochilishida qatnashishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, hozir Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi 52 daqiqalik filmining Samarqanddagi suratga olish ishlari bilan band.

Avvalroq Jerar Depardyening O‘zbekistonga kelgani hamda Islom sivilizatsiyasi markazida u bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Jerar Depardye O‘zbekistonga keldi. Islom sivilizatsiyasi markazida u bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют