» » Metrodagi terakt sabab Sankt-Peterburg jamoat transporti bepul ishlaydi

Metrodagi terakt sabab Sankt-Peterburg jamoat transporti bepul ishlaydi


Sankt-Peterburgda shahar transportining barcha yo‘nalishlariga odamlarni bepul tashish haqida ko‘rsatma berildi. Bu haqda, “Fontanka”ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, mazkur ko‘rsatma 3-aprel oxirigacha amalda bo‘ladi.

Uber taksi xizmati hodisa yaqinida bo‘lgan barcha peterburgliklarga bepul xizmat ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Yandeks” kompaniyasi esa “Yandeks.Taksi” bo‘yicha Peterburgdagi barcha hamkorlaridan “imkon qadar ko‘proq avtomobillarni yo‘lga chiqarish” haqida iltimos qilgan.

Sankt-Peterburg metrosi 3-aprel, dushanba kuni “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida yuz bergan terakt sababli yopildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam jarohatlangan.

Rossiya Bosh prokuraturasi Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashni terakt deb atadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют