» » Bozorlar atrofiga to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik aniqlash tizimini o‘rnatish taklif qilindi

Bozorlar atrofiga to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik aniqlash tizimini o‘rnatish taklif qilindi


O‘zbekistonda bozorlar atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik ravishda aniqlash tizimi o‘rnatiladi. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining “Yo‘l xaritasi”da so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra, yo‘l va ko‘chalarda tirbandliklarni oldini olish, transport vositalarining to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlash mo‘ljallanmoqda.

Bunda Toshkent shahri va viloyat markazlarida transport vositalarining harakatlanish jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘l va ko‘chalarda, shuningdek, bozorlar atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik ravishda aniqlash tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu tizimni IIV DYHXXning “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish ham nazarda tutilgan bo‘lib, yo‘l va ko‘chalarda tirbandliklarni hosil bo‘lishini oldini olish, transport vositalarini harakatlanishini nazorat qilish maqsadida ko‘p qavatli joylashgan uylarning tepa qismiga yuqori pikselli videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish belgilangan.

Bundan tashqari “Yo‘l xaritasi”da Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida yo‘l o‘tkazgichlar qurish, yaroqsiz holga kelib qolgan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, eski svetoforlarni yangi turdagi yorug‘diodli svetoforlarga almashtirish kabi vazifalar belgilangan.

Ijro muddati — 2020—2022-yillar, mas’ul ijrochilar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi.

Mavzuga doir: “Ippodrom” va “Abu saxiy” atrofidagi yo‘llarga noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuator olib ketishni boshladi

Shuningdek, qaror loyihasida O‘zbekistonda zaruratga qarab ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish taklif qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют