» » Toshkentda Spark olishda yordamlashishni va’da qilgan erkak 23 mln so‘mni “uxlatdi”

Toshkentda Spark olishda yordamlashishni va’da qilgan erkak 23 mln so‘mni “uxlatdi”


Toshkentning Sergeli tumanida Spark sotib olishga yordam berish evaziga 23 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumani prokuratura organlariga 6-noyabr kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu yilning iyul oyida 21 yoshli A.K. 33 yoshli E.K.ning ishonchiga kirib, unga salondan Spark avtomobilini sotib olishda yordamlashishni va’da bergan. A.K. buning evaziga E.K. dan 23 million 500 ming so‘m olib, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda sentabr oyida ham shunday firibgarlik holati kuzatilib, 15 ta Lacetti va 1 Malibu olib berish va’da qilinib bir ayolning 203 ming dollar puli “uxlatib ketilgandi”. Oktabr oyida esa bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют