» » Verxniy Tagildagi korxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Verxniy Tagildagi korxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


Verxniy Tagildagi korxonada sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati prokurorining katta yordamchisi Marina Kanatova ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

FVVning Sverdlovsk viloyati bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2-aprel kuni kech tunda Verxniy Tagil korxonalaridan birining bir qavatli sex binosida yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in metall eritish uchun mo‘ljallangan qozonning portlashi oqibatida kelib chiqqan.

Oqibatda bir ishchi halok bo‘lgan, uch nafari jabrlangan. Favqulodda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Halok bo‘lgan va jarohatlanganlardan biri O‘zbekiston fuqarolaridir. Qolganlar mahalliy aholi vakillari.

Marina Kanatova, Sverdlovsk viloyati prokurorining katta yordamchisi

Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa “Ural qo‘rg‘oshin kompaniyasi” MChJning ishlab chiqarish hududida yuz bergan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan (1993-yilda tug‘ilgan) o‘zbekistonlik tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlagan. Jabrlanganlar — 1986, 1995 va 1979-yilda tug‘ilgan shaxslardir.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют