» » Ismatulla Ergashev Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Ismatulla Ergashev Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 2019-yilning 11-noyabr kuni Eron Tashqi ishlar vazirining hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibrohim Tohiriyon Fard bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va ushbu mamlakatdagi tinchlik jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Eron tomoniga Afg‘oniston muammosini hal etish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari, Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash borasidagi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Eron diplomati Afg‘onistonning mintaqaviy jarayonlarga keng miqyosda integratsiyalashuvi va O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan turli infratuzilma loyihalarini tadbiq etishda amaliy yordam berish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatini yuqori baholadi.

Shu o‘rinda, Muhammad Ibrohim Tohiriyon Fard O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari qiyofasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardan hayratda ekanligini izhor etar ekan, bu o‘zgarishlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan, shuningdek, avvalo mintaqadagi qo‘shnilar bilan ochiqlik va ishonchga asoslangan maqsadli siyosat bilan bog‘ladi.

Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi nuqtayi nazaridan, Eron vakili mintaqa davlatlarining bu boradagi sa’y-harakatlarini jipslashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют