» » Avstriya aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa xalqaro reysni bekor qildi. Parvoz davomiyligi 8 daqiqa edi

Avstriya aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa xalqaro reysni bekor qildi. Parvoz davomiyligi 8 daqiqa edi


Avstriyaning People?s Viennaline aviakompaniyasi talab kamligi sababli dunyodagi eng qisqa muntazam xalqaro reysni bekor qildi, deb xabar beradi Meduza.

Reys Shveysariyaning Altenrayn va Germaniyaning Fridrixsxafen shaharlari orasida 2016-yil noyabrida joriy qilingan. Parvoz 8 daqiqa davom etgan, bu vaqt ichida samolyot Boden ko‘li ustidan, taxminan, 20 kilometr masofani uchib o‘tgan.

Aviakompaniya Altenrayn hamda Fridrixsxafen o‘rtasidagi reysni haftasiga ikki marta amalga oshirgan. Chipta narxi 40 yevroni tashkil qilgan.

Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, reysga kutilganidan ancha kam talab bo‘lgan. Noyabrdan martga qadar reysdan 2,3 ming yo‘lovchigina foydalangan.

Altenrayn va Fridrixsxafen o‘rtasidagi eng so‘nggi parvoz 14-aprelga rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют